Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va KXDR urushi ehtimoli necha foizga baholandi?
Foto: Jonathan Ernst / Reuters
Amerikalik respublikachi-senator Lindsi Grem Pxenyan navbatdagi yadroviy sinovlarini o‘tkazgan taqdirda, AQSh va KXDR urushi imkonini 70 foizga baholadi. The Atlantic nashri shu haqida xabar berdi.
"Aytishim mumkinki, biz o‘ndan uch holatdagina harbiy yechimga murojaat qilamiz. Agar koreyaliklar qo‘shimcha yadroviy sinov o‘tkazishsa, u holda men urush ehtimolini 70 foizga baholagan bo‘lardim", - dedi u.
Grem vaqt "tugab borayotgani", agar hech narsa o‘zgarmasa, Tramp KXDRga hujum qilishiga to‘g‘ri kelishini ta'kidladi.
U harbiy yechim deganda "rejimga qarshi keng ko‘lamli urush"ni nazarda tutganini aytdi.
Shu bilan birga, u Pxenyan bilan muzokaralarga tayyorligini ma'lum qildi. "Urushdan qochish uchun barcha variantlarni inobatga olish kerak... Ular zamonamiz tarixini yozganda "Eh, Lindsi Grem hatto bu yigit bilan gaplashib ko‘rishga harakat ham qilmadi", deyishlarini istamayman", - deya izohladi senator.
Mavzuga oid
12:48
Uchuvchi Eron tog‘larida: «Trampni qutqarish» operatsiyasi haqida
09:01
AQShdagi Livan va Isroil elchilari telefon orqali gaplashdi
22:27 / 10.04.2026
Tramp Eron bilan muzokaralar natijasini 24 soatdan keyin e’lon qiladi
22:21 / 10.04.2026