Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya AQShning aybloviga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shilmaydi
Foto: Reuters
Fransiya hukumati Eron harbiylari Yamandagi jangari husiylarni qurol-yarog‘ bilan ta'minlab turgani borasidagi harakatiga munosabat bildirdi. Gap shundaki, AQSh Mudofaa vazirligi Eronning ushbu harakatlarni bajaryotganida ayblab, asosli dalillar qo‘lga kiritilganini ta'kidlagandi.
Juma kuni o‘tkazilgan kichik brifing davomida Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Matbuot kotibi Aleksandr Jorjini «ushbu harakatga BMT tomonidan rasmiy xulosa berilmaguncha, har qanday savol ochiq» qolishini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli payshanba kuni Eron Mudofaa vazirligi tasarrufidagi «Qiyyom» ballistik raketasi husiylarning qo‘lida paydo bo‘lib qolgani haqida xabarni oshkor qilgandi.
Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 4 noyabr kuni Yaman hududidan Saudiya Arabistonidagi Qirol Xolid xalqaro aeroportiga qarata uchirilgan raketalar aynan Eron Mudofaa vazirligi tasarrufidagi qurollar bilan bir xil bo‘lib chiqmoqda.
Mavzuga oid
09:01
AQShdagi Livan va Isroil elchilari telefon orqali gaplashdi
22:27 / 10.04.2026
Tramp Eron bilan muzokaralar natijasini 24 soatdan keyin e’lon qiladi
22:21 / 10.04.2026
“AQSh-Isroilga ishonmaymiz, qo‘limiz tepkida” – Eronning O‘zbekistondagi elchisi
09:30 / 10.04.2026