Jahon | 23:46 / 16.12.2017
4672
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada ayollar va bolalar teraktlar amalga oshirishlaridan xavotir bildirilmoqda

Foto: SS0

Germaniya maxsus xizmatlari mamlakatda yashovchi ayollar va bolalar terakt amalga oshirishlari mumkinligidan xavotir bildirgan. Bu haqda DPA axborot agentligi xabar bermoqda.   

Hammasi bo‘lib Germaniyada terakt oshirishi mumkin bo‘lganlar toifasiga 720 kishi kiritilib, xavfsizlik idoralari ularning barchasi ortidan sinchkov kuzatuv olib bormoqda.

Germaniya kontrrazvedkasi boshlig‘i Xans-Georg Masenning aytishicha, terrorchilar Yaqin Sharqdagi ta'siri va nazoratidagi hududlarni yo‘qotishi sababli oilalarini xavfsiz  bo‘lgan joy – Yevropaga jo‘natishmoqda. Bu esa ushbu toifadagi fuqarolar terakt amalga oshirishi mumkin bo‘lgan radikallar bo‘lishi mumkinligini anglatadi. 

Germaniya kontrrazvedkasi Iroq va Suriyada terrorchilar tomonda jang qilgani ketgan 950 kishi haqidagi ma'lumotlarga ega. Ularning uchdan ikki qismi kelib chiqishi xorijlik bo‘lgan nemis fuqarolaridir.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid