![](http://storage.kun.uz/source/2/kWYbJS1CQvUAXYOl14if78epiGaHYwfP.jpg)
Foto: RIA Novosti
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaning ma'lum qilishicha, Yamandagi gumanitar tashkilotlar o‘z xodimlarini u yerdan olib chiqib ketmoqdalar, chunki husiylarning harakatlari ularning ishiga to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqda “Al-Arabiya” ma'lum qildi.
Koalitsiya xabariga ko‘ra, husiylar gumanitar tashkilotlar xodimlari himoyasini ta'minlashmagan va shu sababli xalqaro huquq me'yorlarini buzishgan. Yamandan xodimlarini olib chiqayotgan kompaniyalar ma'lum qilinmagan.