Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonliklar tashabbusi Mirziyoyev tomonidan qo‘llab-quvvatlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Qoraqalpog‘istonliklar tashabbusi prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yilda Maktabgacha ta'lim dasturini davlat va xususiy sheriklik asosida amalga oshirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbariyati va faollarining Nukus shahrida 20 ta tuman va shaharlarda 10 tadan yangi maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, barcha hududlar rahbarlarini bu tajribani keng yoyishga da'vat etdi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining Chimboy tumanidagi akademik litseyiga tashrif buyurgani xabar qilingandi. Davlat rahbariga shu yerda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ichki bozorni mamlakatda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli preparatlar bilan to‘ldirish borasida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar taqdim etildi. Prezident mazkur soha istiqbolini yuqori baholab, bu borada mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish kerakligini qayd etdi.
Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025