Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston korxonasi Ukrainaga bolalar kiyimlarini yetkazib bermoqda
Foto: jahonnews.uz
O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi tomondan o‘tkazilgan O‘zbekiston-Ukraina amaliy uchrashuvi natijalari o‘zbek paxtasidan tayyorlangan, IDEAL o‘zbek to‘qimachilik korxonasining bolalar kurtklari va kombinezonlarining Ukrainada 45 ta gipermarketga ega “Episentr” savdo tarmog‘iga yetkazib berilishiga sabab bo‘ldi.
“Episentr”ning hududiy direktori B.Artari-Kolumbning aytishicha, IDEAL mahsulotlari peshtaxtalarda turib qolmay, tez sotilmoqda.
“Ayni vaqtda tabiiy matolardan tayyorlangan mahsulotlar sog‘lom ekologiyani tanlovchi odamlar orasida tobora ommalashmoqda. Bugungi kunda o‘zbek ishlab chiqaruvchilarining bolalar kiyimlari va umuman to‘qimachilik mahsuloti yangi texnik xarakteristikaga ega, allergik reaksiyalar keltirib chiqarmaydi, sog‘lomlashtiruvchi effektga ega”, deb aytgan Artari-Kolumb.
“Shu sababli o‘zbekistonlik hamkorlar bilan mahsulotlar assortimentini kengaytirish va import hajmini oshirishni muhokama qilmoqdamiz. O‘zbekistonning to‘qimachilik mahsulotlari o‘z ko‘rsatkichlari va sifati evaziga Ukraina bozorida o‘z pozitsiyalarini mustahkam ushlab turishiga ishonchimiz komil”, deb qo‘shimcha qilgan Artari-Kolumb.
Mavzuga oid
09:38 / 11.04.2026
Budanov: Moskva va Kiyev tinchlik kelishuviga yaqinlashmoqda
19:56 / 10.04.2026
Zelenskiy Ukrainaning yadro qurolidan voz kechishini «katta xato» deb atadi
09:28 / 10.04.2026
Zelenskiy: Ukraina sulhni qo‘llab-quvvatlaydi
08:35 / 07.04.2026