Jamiyat | 18:44 / 17.12.2017
19381
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda ikkita yangi masjid qad ko‘tardi

Joriy yilning 11 dekabr kuni Xiva tumanida yangi “Mulla Abduqodir bobo” nomli jome' masjidi, 15 dekabr juma kuni Urganch tumanida yangi «Muoz ibn Jabal» masjidining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Xorazm viloyat vakili X. Abdullayev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Movarounnahr nashriyoti direktori Abdujalil Xo‘jam ishtirok etgan. Shuningdek, tadbirga Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari H. Ataxonov, Urganch tumani hokimi O. Bekchanov, viloyat Nuroniy jamg‘armasi raisi M. Jumaniyozov va bir qancha mehmonlar, faxriylar tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi hududiy vakili Kun.uz'ga xabar bergan.

O‘MI Xorazm viloyati vakili X.Abdullayev Urganch tumanida ochilgan “Muoz ibn Jabal” jome' masjidining eski holati, bugungi ko‘rinishi haqida ma'lumotlar berdi: Masjid zamonaviy qurilish talablariga to‘liq javob beradi. Imom xatibga tayyorlangan xona zamonaviy qulayliklarga ega. 

"Masjid sahnida shakldor bog‘ va gulzor yaratilyapti. Bu muborak maskanlarda qilinadigan ibodatu duolar turli balo-ofatlar rad bo‘lishiga va xayru barakaga mo‘l bo‘lishiga sabab bo‘ladi, inshoalloh. Muhimi ‒ masjidlar yosh avlodni ma'naviyatli, barkamol insonlar bo‘lib tarbiya topishlarida, ularni turli adashgan oqimlar, zo‘ravon to‘dalar ta'siriga tushib qolishdan asrashda, shuningdek, jinoyatchilikning oldini olishda juda katta o‘rin tutadi. Ushbu masjid ham ana o‘shanday dargohlardan biri bo‘ladi", deyiladi xabarda.

Bu yangi jome' masjid Urganch tumani aholisi uchun mo‘'tabar manzilga aylanishi ta'kidlanib, masjid qurilishiga har tomonlama yordam bergan homiylar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.​

 

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid