Jahon | 13:00 / 18.12.2017
13437
2 daqiqa o‘qiladi

Boshlandi. Rossiyada prezidentlik kampaniyasiga start berildi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiyada prezidentlik kampaniyasi rasman boshlandi. "Rossiyskaya gazeta"da bugun Federatsiya kengashining saylovlarni belgilash to‘g‘risidagi qarori e'lon qilindi, deb xabar bermoqda RIA Novosti. 

Partiyalardan nomzodlar va mustaqil da'vogarlar qurultoylar yoki tashabbus guruhlari yig‘ilishlarida ilgari surish jarayonini boshlashlari hamda MSKga kerakli hujjatlarni topshirishlari mumkin.

Prezidentlik lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yish rejasiga ega ekani haqida 23 kishi, jumladan, amaldagi davlat rahbari Vladimir Putin ham ma'lum qildi. U saylovlarda mustaqil nomzod sifatida ishtirok etadi. Bundan tashqari, teleboshlovchi Kseniya Sobchak, jurnalist Yekaterina Gordon, “Yabloko” va RLDP yetakchisi Grigoriy Yavlinskiy hamda Vladimir Jirinovskiy o‘z nomzodini qo‘yishni mo‘ljallagan.
 
Markaziy saylov komissiyasi 18 mart kuniga belgilangan ovoz berish jarayonini tashkil etish uchun byudjyetdan pul olishni boshladi. Bu maqsadlarga 14,807 milliard rubl sarflash rejalashtirilmoqda.

Pamfilovaning aytishicha, mamlakat saylov tizimi saylovlarga tayyor. Uning ta'kidlashicha, kampaniyani shunday o‘tkazish mo‘ljallanmoqdaki, “hech kim bundan keyin uyalib qolishi kerak emas”.

MSK rahbarining qo‘shimcha qilishicha, avvalgi prezidentlik saylovlaridan so‘ng o‘tgan vaqt davomida qonunchilik maksimal darajada erkinlashtirildi, xususan, kuzatuvchilar uchun imkoniyatlar kengaytirildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid