Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyadagi to‘g‘on elektr energiyasisiz yoritilgan ilk obekt bo‘ldi
Bir necha yil avval Niderlandiya hukumati Icoon Afsluitdijk loyihasini hayotga tatbiq etish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Uning mohiyati barcha milliy yo‘llarni energetik jihatdan neytrallashtirishdan iborat.
Loyiha qator punktlardan tashqari, yoritish va qayta tiklanuvchi energiyani ishlab chiqarish o‘rniga yorug‘lik tarqatuvchi suv o‘simliklaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Ekologik sof yorug‘lik qo‘llangan birinchi obekt Afslyoytdeyk to‘g‘oni bo‘ldi, uning uzunligi deyarli 30 kilometrni tashkil qiladi, kengligi esa - 90 metr.
To‘g‘on XX asr boshida Shimoliy dengizdagi Zyoylerzeye ko‘rfazini to‘sib, uning yordamida Shimoliy Niderlandiya va Frislandiyani birlashtirish natijasida qurilgan. Hozir undan yirik shosse o‘tgan va u yerdan har kuni 20 minggacha mashina o‘tadi. Shu bois Roosegaarde studiyasi muhandislari, birinchi navbatda, aynan uni yoritishga qaror qilishdi va to‘g‘onni yorug‘likni aks ettiruvchi bo‘yoq va yorug‘lik tarqatuvchi prizma bilan qoplashdi. Endi ko‘prik undan harakatlanayotgan mashinalar faralari bilan yorishmoqda va unga elektr energiyasining keragi yo‘q.
Loyihani 2030 yilga qadar amalga oshirish rejalashtirilgan. Uni amalga oshirish davomida tabiiy yorug‘lik (masalan, fluoressent o‘simliklar) bilan bog‘liq tajribalar qo‘llaniladi.
Mavzuga oid
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
19:11 / 08.06.2026
O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi
17:17 / 07.06.2026