Jahon | 07:20 / 18.12.2017
3661
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada BMT gumanitar karvoniga hujum qilindi – OAV

Foto: AP Photo / Sunday Alamba

Nigeriyada BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi karvoniga hujum qilinishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Daily Post Nigeria nashri xabar bermoqda.

Nashrning ma'lum qilishicha, BMTning oziq-ovqat yuklangan yuk mashinalariga 16 dekabrda Borno shtatida hujum qilingan. Hujum oqibatida 4 haydovchi halok bo‘lgan, yana 3 kishi o‘g‘irlab ketilgan. Bundan tashqari, bitta yuk mashinasi yoqib yuborilgan.

Ta'kidlanishicha, hujumni “Boko Harom” ekstremistik guruhi jangarilari amalga oshirgan.

BMT vakili karvonga hujum qilinganini tasdiqlagan. Xabarda o‘ldirilgan haydovchilar BMT xodimlari bo‘lgan-bo‘lmagani ma'lum qilinmagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid