Jahon | 11:41 / 18.12.2017
72001
2 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjonda belida ortiqcha jinsiy a'zosi bo‘lgan bola dunyoga keldi

Ozarboyjonda noodatiy patologiyaga ega o‘g‘il bola dunyoga keldi. Bu haqda 1news.az xabar bermoqda.

Gap shundaki, bolaning belida ortiqcha jinsiy a'zosi bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, shu bilan birga bolaning normal jinsiy a'zosi ham mavjud. 

“Bolaning normal jinsiy a'zosi ham mavjud. Belidagi jinsiy a'zo esa parazit bo‘lib, u jarrohlik yo‘li bilan olib tashlandi”, deb ma'lum qildi Pediatriya ilmiy-tadqiqot instituti neonatologiya bo‘limi boshlig‘i Gyunduz Agayev.

Foto: Maediciana.az
Foto: Maediciana.az

“Ortiqcha a'zo onaning bachadonida rivojlanmay qolgan ikkinchi homilaga tegishli bo‘lgan. Bu egiz homiladan faqatgina shu a'zo qolgan va u normal rivojlangan homilaning beliga o‘rnashib qolgan. Bu ortiqcha parazit a'zo bolaning beliga shikast yetkazilmagan holda olib tashlandi. Bolakay uyiga qo‘yib yuborildi va endi boshqalardan hech nimasi bilan farq qilmaydi”, deb qo‘shimcha qilgan shifokor. 

Ta'kidlanishicha, bolaning ota-onasi va uni tug‘dirgan shifokorlar ikkita jinsiy a'zoga ega bolani ko‘rishganda karaxt holga tushishgan. 

Bunday patologiya juda kam bo‘lsa-da, uchrab turadi va bola uchun biror-bir asoratsiz jarrohlik yo‘li bilan bartaraf etiladi.

Mavzuga oid