Jahon | 10:54 / 18.12.2017
16578
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada yangi armiya tashkil etiladi – OAV

Foto: TASS

Rossiya Mudofaa vazirligi dengiz aviatsiyasi hamda Tinch okeani flotining havo hujumidan mudofaa kuchlarini yangi armiya tarkibida birlashtiradi, uning shtabi Kamchatkada joylashadi. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi harbiy mahkamaga tayangan holda xabar bermoqda.

Vazirlikdan xabar berishlaricha, harbiy-havo kuchlari va havo hujumidan mudofaa armiyasini shakllantirish 2018 yilda boshlanadi. Uning tarkibiga aviatsiya qismlari, zenit-raketa va radiotexnika qo‘shinlari kiradi. Bo‘linma javobgar bo‘ladigan zonaga esa Shimoliy Kurildan Vrangel oroliga qadar bo‘lgan hudud kiradi.

Bundan tashqari, shu bilan birga aviatsiya kuchlari tuzilmasi ham o‘zgaradi.

«2008 yildagi unchalik ham muvaffaqiyatli chiqmagan islohotlardan so‘ng tashkil etilgan amorfli va yomon boshqariluvchi aviabazalar o‘rniga polklar hamda diviziyalar qayta tashkil qilinmoqda. Aralash aviapolklar tarkibiga qayiqlarga qarshi eskadrilyalar va transport samolyotlari, qiruvchilar, josuslik samolyotlari va raketa-tashuvchilar bilan birga, uchuvchisiz uchar qurilmalar bo‘linmalari ham kiritiladi», - deya yozadi gazeta.

Nashrning ta'kidlashicha, yangi armiya o‘z javobgarligi hududida tahdidlarni aniqlash hamda kutilmagan havo hujumi ehtimolini yo‘qqa chiqarish maqsadida tashkil etilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid