Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FXX: Terrorchilar MDH davlatlari elchixonalariga hujum qilishni rejalashtirishgan edi
Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev
MDH davlatlari maxsus xizmatlari Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarida teraktlarning oldini oldi, shuningdek Hamdo‘stlik davlatlari elchixonalariga uyushtirilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy hujumlarga yo‘l qo‘yishmadi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov MDHga a'zo mamlakatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashining yig‘ilishida chiqish qilib aytib o‘tdi.
«Rossiya va Markaziy Osiyoda qator terrorchilik xurujlarining oldi olindi, jangarilar bizning davlatlarga tegishli xorijdagi diplomatik vakolatxonalarga uyushtirmoqchi bo‘lishgan hujumlariga yo‘l qo‘yilmadi», - deya Bortnikovning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Suriya va Iroqda mag‘lubiyatga uchragan xalqaro terrorchilar qayta guruhlarga bo‘lindi hamda Yaqin Sharqdan tashqariga yo‘l olmoqda, deb xabar bergan Bortnikov.
«Afg‘oniston jangarilar to‘planayotgan asosiy markazga aylanmoqda, bu yerda IShID pozitsiyalari bor hamda aynan shu yerdan terrorchilar MDH mamlakatlari hududiga kirib olish imkoniyatiga ega», - deya aytib o‘tdi Bortnikov.
Bortnikovning qo‘shimcha qilishicha, MDH davlatlari xavfsizlik organlari Suriyada terrorchilar tomonida jangovar harakatlarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan shaxslarni yuborishning o‘n bitta kanalini bartaraf etishgan.
Shuningdek maxsus xizmatlar tashkilotga kiruvchi davlatlar diplomatik vakolatxonalariga ehtimoliy hujumlarning oldini olishdi.
Mavzuga oid
12:12
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuv o‘tkazildi
21:09 / 04.12.2025
Birinchi «Markaziy Osiyo – Yaponiya» sammiti Tokioda o‘tkaziladi
16:03 / 04.12.2025
Markaziy Osiyo uchun beriladigan 12 mlrd yevroning asosiy qismi Trans-Kaspiy koridori uchun sarflanadi – YeI
22:57 / 03.12.2025