Jamiyat | 18:50 / 20.12.2017
10182
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda bir kunda 122 ta transport vositasi jarima maydonchasiga qo‘yildi

2017 yilning 19 dekabr kuni “Tozalash-Antiterror” tadbiri doirasida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda yo‘l harakati qoidabuzarliklariga yo‘l qo‘yilganlik holatlarini aniqlash borasida o‘tkazilgan ishlar davom ettirildi.

O‘tkazilgan tadbir jarayonida yo‘l harakati ishtirokchilari tomonidan jami 2936 ta qoidabuzarliklar aniqlandi.

Shulardan:

- mast holatda transport vositasini boshqarish – 32 ta;
- transport vositalarini hujjatsiz boshqarish – 51 ta;
- svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik –40 ta;
- harakat davomida uyali telefondan foydalanish – 65 ta;
- odam tashishi qoidalarini buzish – 404 ta;
- tezlikni belgilangan me'yoridan oshirish – 186 ta;
- bo‘ysunmaslik - 9;
- xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik – 904 ta.

Jami 122 ta transport vositalari jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlarning o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid