Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Belarus Tergov qo‘mitasi bilan hamkorlik qiladi
2017 yil 19 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev Belarus Respublikasi Tergov qo‘mitasi raisi I.Noskevich boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Mehmonlarga O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlar, jinoyat qonunchiligini liberallashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan choralar haqida ma'lumot berildi.
Jumladan, so‘nggi davrda tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv institutlarini takomillashtirish, tergov jarayonida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda inson huquq va erkinliklariga rioya etilishini kafolatlashga qaratilgan qonunchilikdagi yangi tartib va tashabbuslar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Tomonlar ikki davlat vakolatli organlarining jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha faoliyati va ushbu jarayonga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida fikr va tajriba bilan almashdilar.
O‘z navbatida Belarus Respublikasi Tergov qo‘mitasi raisi I.Noskevich bo‘lib o‘tgan muloqotdan mamnunligini izhor etib, samimiy qabul uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi hamda ushbu uchrashuvning huquqiy sohada o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.

Uchrashuv yakunida Belarus Respublikasi Tergov qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim imzolanib, unda jinoyatchilikka, ayniqsa, uning uyushgan va transmilliy ko‘rinishlariga qarshi samarali kurashish hamda boshqa yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik olib borish belgilandi.
Mavzuga oid
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
15:49 / 23.04.2021
«Tekshiruvchi ham, tekshiriluvchi ham bitta tuzilmada» - Nig‘matilla Yo‘ldoshev inspeksiyalar mustaqil emasligi haqida
14:18 / 23.04.2021
2020 yilda 106 ming gektar yer hokimliklar tomonidan noqonuniy ajratilgan – Bosh prokuratura
01:03 / 27.11.2020