Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov Rossiyadagi universitetga 100 mln rubl ajratdi
Alisher Usmonovning xayriya jamg‘armasi Rossiyadagi "MISiS" Milliy tadqiqot texnologiyalar universiteti endaument-jamg‘armasini 100 mln rublga to‘ldiradi. Bu haqda oliy ta'lim muassasasi matbuot xizmati xabar bergan.
"Rossiyalik tadbirkor va fan hamda san'atga homiylik qiluvchi Alisher Usmonovning “San'at, ilm-fan va sport” xayriya jamg‘armasi "MISiS" Milliy tadqiqot texnologiyalar universiteti manzilli kapitali (endaument-fond) jamg‘armasiga 100 mln rubl miqdorida mablag‘ yo‘naltirmoqda", - deya ta'kidlab o‘tishgan matbuot xizmatidan. Natijada jamg‘arma kapitalining umumiy miqdori 230 mln rublga qadar oshadi, bu unga kapital hajmi bo‘yicha Rossiya OTMlari endaumentlari top-10ligiga kirish imkonini, "San'at, ilm-fan va sport" jamg‘armasiga esa – mahalliy endaumentlar tarixida eng yirik xayriyachiga aylanish imkonini berdi, deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan OTMdan.
"Ta'lim va ilmiy tadqiqotlar sifati – mamlakatning buyuk kelajagi kafolati, - deya ma'lum qildi Alisher Usmonov. – Shuning uchun ilmiy-ta'lim loyihalari, ayniqsa menga tog‘-metallurgiya kabi juda yaqin bo‘lgan soha katta ahamiyatga ega. Men mamlakatning eng yaxshi texnik OTMlaridan biri bo‘lgan "MISiS"ni rivojlantirish bo‘yicha katta rejalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorman, hamda universitet endaumentiga yo‘naltirilgan mablag‘larni Rossiya ilm-fani va ta'limining global raqobatbardoshligini oshirishga kiritilgan sarmoyalar sifatida ko‘raman".
Mavzuga oid
09:00 / 21.03.2026
Diniy majmualar ochilishi va 100 yilga yetadigan ma’danlar - hafta dayjesti
11:29 / 29.01.2026
Sud: Usmonovning FAZ’ga qarshi da’vosi bo‘yicha qaror hali kuchga kirmagan
15:25 / 06.01.2026
Rossiyaning eng badavlat biznesmenlari 2025 yilda 24 mlrd dollarga boyidi
16:16 / 30.12.2025