O‘zmilliybank «Milliy» mobil ilovasini rasman ishga tushirmoqda
O‘zmilliybank mobil banking xizmati rasmiy ravishda ishga tushirilayotgani haqida e'lon qildi.
«Milliy» mobil ilovasi – bu nafaqat mobil telefon orqali pul mablag‘larini boshqarish uchun bir vosita, balki raqamli banking sohasida Bankning rivojlanishida evolyutsion bosqich hamdir.
Mijozlar «Milliy» mobil ilovasi yordamida nafaqat to‘lov tizimlarining standart funksiyalaridan – masalan xizmatlarni to‘lash va plastik kartalardan mablag‘lar o‘tkazishdan foydalanishlari mumkin, balki navbatlar, blankalarni to‘ldirish, shahar ko‘chalaridagi trafik va hokazolarga vaqt ajratmay, o‘z ishlarini yengillashtirish imkoniyatiga ham egalar.
«Milliy» servisining asosiy xususiyatlaridan biri – pul o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarning qiymati atigi 0,5 foiz bo‘lganligi. Shu bilan birga, o‘tkazma miqdoriga limit yo‘qligi.
«Milliy» mobil ilovasining boshqa alohida jihatlari bu UzCard va VISA NBU kartalari bo‘yicha qoldiqlar va ko‘chirmalarni ko‘rish hamda mazkur kartalarni masofadan bloklash/ochish funksiyalari, shuningdek, O‘zmilliybank mijozlari o‘z hisob-raqamlari, depozitlari va kreditlari bo‘yicha ma'lumotlar olish imkoniyati mavjudligi.
«Milliy» servisining barcha afzalliklari bilan App Store va Google Play’da ushbu ilovani mobil qurilmaga bepul yuklab olish yo‘li bilan tanishish mumkin.
Qo‘shimcha ma'lumotni O‘zmilliybankning istalgan bo‘linmasi/filialida yoki (0371) 150-70-94 va 234-02-53 telefon raqamlari orqali olish mumkin.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
21:51 / 27.10.2022
Ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar “Milliybank”. Samarqandda fuqaro yemagan somsaga pul to‘lamoqda
16:43 / 30.09.2021
Milliy bank 10 milliard rubllik obligatsiyalar joylashtiradi
16:54 / 14.09.2021
UZCARD plastik kartadan pul o‘g‘irlovchi firibgarlardan ogohlantirdi
17:41 / 13.04.2021