Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda fojia yuz berdi, halok bo‘lganlar ko‘p
Foto: India Today
Hindiston shimolida avtobusning daryoga qulashi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi, yana 15 inson jiddiy darajada jabrlandi. Bu haqda India Today telekanali xabar bermoqda.
Avtobus Rajistxondagi Savay-Madhopur shahridan Lalsot aholi punktiga yo‘l olayotgan bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi juda katta tezlik sabab boshqaruvni yo‘qotgan. Avtobus ko‘prikdan daryoga qulagan.
"Savay-Madhopur shahrida Banas daryosiga avtobusning qulashi natijasida kamida 30 kishi halok bo‘ldi, yana 15 inson jiddiy darajada jarohat oldi", - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, jabrlanganlarning barchasi yaqin oradagi shifoxonaga olib ketildi. Fojia joyida qutqaruv amaliyotlari o‘tkazilmoqda.
Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi halok bo‘lganlarning oila a'zolariga ta'ziya izhor etdi.
Mavzuga oid
12:06 / 07.04.2026
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi
13:45 / 05.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
10:10 / 04.04.2026
Hindiston O‘zbekistonda bodomzorlar tashkil etadi
15:19 / 02.04.2026