Jahon | 21:30 / 24.12.2017
15708
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Suriya bilan chegaradagi devorni qurishni yakunlamoqda

Foto: Anadolu

Turkiya Suriya bilan chegaradagi beton devorni qurishni yakunlamoqda.

4 metr balandlikka ega devor Turkiyaning chegaraoldi tumanlarini Suriya hududidan tahdid solinishidan saqlash, noqonuniy migratsiyaning oldini olish, terrorchilik tashkilotlari harakatlana oladigan hududni kamaytirishga qaratilgan.

Devor bo‘ylab favqulodda holatlar uchun “eshiklar” o‘rnatilmoqda. Bunday eshiklar gumanitar yuklar yetkazish, yaradorlarni tashish va boshqalar uchun xizmat qiladi. Eshiklar Turkiya qurolli kuchlar chegara qismlari tomondan qo‘riqlanadi.

Turkiyaning Xatay viloyatidagi bunday 4 ta eshikdan foydalaniladi. Turkiya-Suriya chegarasining Xataydagi qismi uzunligi 230 km ni tashkil qiladi. Bu viloyatda quruvchilar devorning 10 km.ni qurib bitkazishlari qoldi.

Devorning tarkibiy elementlari uzunligi 3 metrdan bo‘lgan, ko‘p tonnalik betonlar hisoblanadi. Devor perimetri bo‘ylab balandligi 8 metr keladigan kuzatuv minoralari qurilmoqda.

Kuzatuv minoralarida o‘rnatiladigan “aqlli” qurol va avtomatik ogohlantirish tizimi noqonuniy muhojirlar oqimining oldini olishga va terrorchilik tashkiloti faoliyatini cheklashga qaratilgan.

Devor Xatayning Yayladag‘i tumanidan boshlanib, Kilis, G‘aziantep, Shonliurfa va Mardin viloyatlari hududi bo‘ylab o‘tadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid