Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik pitssa xarid qilish uchun traktorda keldi
Angliyaning Kambriya grafligi yo‘l politsiyasi xabar qilishicha, yarim tunda pitssa xarid qilishga kelgan fuqaroni qo‘lga olgani haqida xabar qilmoqda. Gap shundaki, u taomni olib ketish uchun traktorda kelgani sababli, mast qiluvchi ichimlik ta'sirida bo‘lgani gumon qilinayapti.
Graflik politsiyasi Twitter mikroblogida tungi vaqtda olingan fotosuratni joylashtirdi. "Ushbu transport vositasi haydovchisi Karlayl shaharchasidagi pitssani traktorda olib ketishga uringan. U alkogolli yoki narkotik mastlik holatida haydovchilik qilgani uchun ushlandi", — deyiladi xabarda.
Huquq-tartibot idorasi xodimlari vaziyatga hazil bilan yondashishgan va xabarni "omadsiz" va "och qolgan" kabi heshteglar bilan e'lon qilishgan.
Mavzuga oid
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
21:22 / 22.05.2026
Britaniyada TikTok va YouTube bolalar uchun xavfsiz emas deb topildi
23:07 / 20.05.2026