Angliyaning Kambriya grafligi yöl politsiyasi xabar qilişiça, yarim tunda pitssa xarid qilişga kelgan fuqaroni qölga olgani haqida xabar qilmoqda. Gap şundaki, u taomni olib ketiş uçun traktorda kelgani sababli, mast qiluvçi içimlik ta'sirida bölgani gumon qilinayapti.
Graflik politsiyasi Twitter mikroblogida tungi vaqtda olingan fotosuratni joylaştirdi. "Uşbu transport vositasi haydovçisi Karlayl şaharçasidagi pitssani traktorda olib ketişga uringan. U alkogolli yoki narkotik mastlik holatida haydovçilik qilgani uçun uşlandi", — deyiladi xabarda.
Huquq-tartibot idorasi xodimlari vaziyatga hazil bilan yondaşişgan va xabarni "omadsiz" va "oç qolgan" kabi heşteglar bilan e'lon qilişgan.












