O‘zbekiston | 11:30 / 25.12.2017
8245
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda yangi muzey quriladi

Foto: Samarkand.uz

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 dekabrdagi qaroriga ko‘ra 2018 yilda Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me'moriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasi uchun shaharning eski shaharga yaqin qismida yangi bino quriladi. Buning uchun 7 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Bu haqda viloyat hokimligining rasmiy sayti ma'lum qilmoqda.

Bundan tashqari, 8 ta muzey qayta ta'mirlanadi. Taniqli oqin Ergash shoir Jumanbulbul o‘g‘lining uy-muzeyi qurilishiga ham qariyb 2,5 milliard so‘m mablag‘ beriladi. Bu choralar tariximizning noyob osori-atiqalarini asrash barobarida xorijlik sayyohlarga xizmat ko‘rsatish ko‘lamini oshirishga ham xizmat qiladi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid