O‘FF prezidenti o‘zi aytgan gapni o‘zi inkor qilib chiqdi
O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov O‘FF rasmiy saytiga bundan 47 kun oldin bergan intervyusini o‘zi inkor qilib chiqdi.
Gap shundaki Ahmadjonov 8 noyabr kuni chiqqan «PFL Oliy va Birinchi liga futbol klublariga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirdi» nomli xabarda yangicha talablar bo‘yicha qisqacha intervyu bergan va «Birinchi liga klublari oldiga ham mana shunday qat'iy talablar qo‘yiladimi?», degan savolga quyidagicha javob qaytargandi:
«Ha, Birinchi Liga darajasini Oliy ligaga yaqinlashtirish maqsadida bir qancha o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Jumladan, kelasi mavsumdan boshlab har bir viloyatning bir jamoasi Birinchi Ligada ishtirok etadi. Bu yo‘l orqali yurtimizning barcha hududlarida futbol rivojlanishiga erishishni maqsad qilganmiz. Birinchi liga jamoalari tarkibida faqat 24 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar to‘p surishi belgilab qo‘yiladi. Bu orqali yosh futbolchilarning zaxira o‘rindig‘iga o‘tirib qolishini oldini olish ko‘zda tutilgan».
Rasmiy saytda berilgan xabardagi aynan 24 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar haqidagi gap muhim gap sifatida ajratilib, qoraytirilgan holatda berilgandi.
Ammo bugun Gazeta.uz nashriga intervyu bergan Umid Ahmadjonov bu gaplarni inkor qilib, buni «ko‘pchilik shunaqa yozyapti», degandek izohlagan:
«Ko‘pchilik kelgusi yili PRO-ligada 24 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirok etadi deb yozmoqda. Yo‘q, hech qanday cheklovlar bo‘lmaydi. Biz shunchaki, yosh futbolchilar ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini xohlaymiz», degan Ahmadjonov.
Eslatib o‘tamiz, KUN.UZ ham aynan O‘FF rasmiy saytida berilgan Umid Ahmadjonovning intervyusi asosida 24 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar birinchi ligada to‘p sura olishini yozgandi.
Mavzuga oid
15:50 / 23.01.2018
Kelajakda o‘zbekistonlik futbolchilar Fransiya jamoalarida to‘p surishi mumkin
19:35 / 22.01.2018
Umid Ahmadjonov «Real» akademiyasi direktori bilan uchrashdi
18:40 / 22.01.2018
O‘FF endi ispancha tizimda ishlaydi
10:41 / 20.01.2018