Özbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov ÖFF rasmiy saytiga bundan 47 kun oldin bergan intervyusini özi inkor qilib çiqdi.

 

Gap şundaki Ahmadjonov 8 noyabr kuni çiqqan «PFL Oliy va Birinçi liga futbol klublariga qöyiladigan talablarni kuçaytirdi» nomli xabarda yangiça talablar böyiça qisqaça intervyu bergan va «Birinçi liga klublari oldiga ham mana şunday qat'iy talablar qöyiladimi?», degan savolga quyidagiça javob qaytargandi:

Foto: ÖFF rasmiy saytidan skrinşot 

«Ha, Birinçi Liga darajasini Oliy ligaga yaqinlaştiriş maqsadida bir qança özgarişlar amalga oşiriladi. Jumladan, kelasi mavsumdan boşlab har bir viloyatning bir jamoasi Birinçi Ligada iştirok etadi. Bu yöl orqali yurtimizning barça hududlarida futbol rivojlanişiga erişişni maqsad qilganmiz. Birinçi liga jamoalari tarkibida faqat 24 yoşgaça bölgan futbolçilar töp surişi belgilab qöyiladi. Bu orqali yoş futbolçilarning zaxira örindiğiga ötirib qolişini oldini oliş közda tutilgan».

Foto: ÖFF rasmiy saytidan skrinşot 

Rasmiy saytda berilgan xabardagi aynan 24 yoşgaça bölgan futbolçilar haqidagi gap muhim gap sifatida ajratilib, qoraytirilgan holatda berilgandi.

Ammo bugun Gazeta.uz naşriga intervyu bergan Umid Ahmadjonov bu gaplarni inkor qilib, buni «köpçilik şunaqa yozyapti», degandek izohlagan:

Gazeta.uz saytidan skrinşot

«Köpçilik kelgusi yili PRO-ligada 24 yoşgaça bölgan futbolçilar iştirok etadi deb yozmoqda. Yöq, heç qanday çeklovlar bölmaydi. Biz şunçaki, yoş futbolçilar köproq öyin amaliyotiga ega bölişini xohlaymiz», degan Ahmadjonov.