Özbekistonda Madridning «Real» klubi akademiyasi oçilişi mumkin. Özbekiston Futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Madridning «Real» klubi akademiyasi direktori Xulio Ronko va Ispaniya futbol federatsiyasi rahbariyati bilan uçraşuv çoğida uşbu masalani muhokama qilişadi, deb yozmoqda ÖFF rasmiy sayti.
Manbaga köra, ÖFF prezidenti Ispaniya futboli rahbarlarining taklifiga binoan rasmiy safar bilan Ispaniyaga jönab ketdi. Safardan közlangan asosiy maqsad aynan «Real Madrid» akademiyasi filialini Toşkentda oçiş, şuningdek, Ispaniya futbol federatsiyasi rahbariyati bilan murabbiylar tayyorlaş va bolalar futbolini rivojlantiriş borasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini örnatişdan iborat. Bundan taşqari safar davomida Ispaniyadagi bir qator taniqli futbol mutaxassislari bilan uçraşib, fikr almaşiş belgilangan.
Eslatib ötamiz, bundan bir neça yil muqaddam Özbekistonga taşrif buyurgan «Real» klubi vakillari Toşkentda Madrid klubining akademiyasini oçiş borasida şartnoma imzolanganini ta'kidlab ötgandi. Öşanda maxsus matbuot anjumani taşkil etilgan va akademiyani oçiş böyiça işlar boşlangani borasida ma'lumotlar berilgandi. Ammo keyinroq noma'lum sabablarga köra, bu ğoya çala qolib ketgan va bu borada ma'lumotlar butunlay yöqolib ketgandi.
Bundan taşqari, Umid Ahmadjonov «Real» Madrid klubi rahbariyati tomonidan 21 yanvar kuni La-liganing 20-turidan örin olgan «Real» - «Deportivo» uçraşuvini bevosita «Santyago Bernabeu» stadionidagi prezident lojasidan tomoşa qilişga taklif etilgan.
23 yanvar kuni esa Umid Ahmadjonov Parijda Fransiya futbol federatsiyasi rahbariyati bilan ham uçraşuv ötkazişi rejalaştirilgan.












