Kelgusida Özbekistondagi yoş futbolçilarni Fransiya jamoalariga jalb qilinişi mumkin. Bu masalani Özbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Fransiya futbol federatsiyasi mutassaddilari — Fransiya futbol federatsiyasi Prezidenti mahkamasi boşliği Janob Kenni Jan Mari, Taşqi aloqalar va institutlararo aloqalar boşqarmasi boşliği Emili Doms va Fransiya futbol federatsiyasi Texnik direktori Filip Montaner bilan uçraşuv çoğida muhokama qilgan.

Foto: The UFF.com
Foto: The UFF.com

ÖFF matbuot xizmati bergan xabarga köra, uçraşuv davomida bolalar futboli böyiça fransiyalik mutaxassislarni Özbekistonga olib keliş, Özbekistondagi yoş futbolçilarni Fransiya jamoalariga jalb qiliş, Superligada iştirok etadigan jamoalarning saviyasini oşiriş, ularning iş faoliyatini Yevropa andozalari asosida yölga qöyiş maqsadida klublar boş direktorlari va akademiyalar rahbarlarini Parijga malaka oşiriş va tajriba örganişga yuboriş böyiça kelişuvga erişildi.

Bundan taşqari, şu yilning aprel – may oylarida Fransiya futbol federatsiyasi, Fransiya Taşqi işlar vazirligi va Fransiya Sport vazirligi mutaxassislaridan taşkil topgan delegatsiya yurtimizga taşrif buyurişi közda tutilgan. Ular Superliga klublarining marketing böyiça mutaxassislari iştirokidagi seminarlarida öz tajribalari bilan örtoqlaşib, klublarimizning marketing böyiça faoliyatini samarali yölga qöyişga yordam berişadi.