Özbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bugun Ispaniya futbol federatsiyasida taşkilot texnik direktori Fernando Yyerro va Murabbiylar tayyorlaş Qömitasi direktori Eduardo Katurla bilan uçraşdi. Uçraşuv davomida Özbekiston Futbol federatsiyasi va Ispaniya futbol federatsiyasi örtasida hamkorlik qiliş böyiça kelişuvga erişildi.

Kelişuvga köra endilikda Özbekistonning 16 yoşgaça bölgan terma jamoalari Ispaniyadagi oçiq çempionatlarda iştirok etadi. Şuningdek, Superliga klublari vakillari Ispaniyaning «Real» Madrid, «Barselona» kabi kuçli jamoalariga safar uyuştirib, bu klublarning iş olib boriş tizimi, infratuzilmasi, maşğulotlar olib boriş jarayonlari bilan yaqindan tanişadi.
Ispaniya FFning faoliyatini yaqindan örganiş maqsadida şu yilning mart oyida Özbekiston futbol federatsiyasi delegatsiyasini Ispaniyaga yuboriş böyiça ham kelişuvga erişildi. Şuningdek, Ispaniya FFdan ham delegatsiya yurtimizga taşrif buyuradi. Ular tomonidan ajratilgan Texnik direktor yurtimizda bölib, özbek futbolini rivojlantirişning yangi tizimini yölga qöyişga yordam beradi.
«Endilikda ÖFF ham xuddi Ispaniya futbol federatsiyasi strukurasidan namuna olib, uni Özbekiston şaroitiga, mentalitetiga moslaştirib olgan holda işlaydi. ÖFF aynan şu tizimga tuşib olişi uçun ispaniyalik mutaxassis ham jalb etiladi va u ma'lum muddat Özbekistonda faoliyat olib boradi va ÖFF tizimini yaratib olişimizda bizga kömaklaşadi. Hattoki, ÖFFdagi ştat birliklarini ham Ispaniya FFdagi bilan bir xil asosda taşkil etiş rejalaştirilgan.
Bir söz bilan aytganda, Özbekiston futboli endi xuddi Ispaniyadagi tizim böyiça işlaydi. Klublar va terma jamoalar, murabbiylarni tayyorlaş va bolalar futbolini rivojlantiriş böyiça aynan Ispaniyada qöllab kelinayotgan tajribadan foydalanamiz. Bu borada IFF bilan kelişuvga erişdik», degan Ahmadjonov.
Bugun Umid Ahmadjonov «Real Madrid» akademiyasi prezidenti Xulio Ronko bilan ham uçraşişi közda tutilgan.












