Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda vodiylik firibgar ayollar qo‘lga olindi
Foto: Photl
G‘ijduvon tuman IIBga, Gajdumak MFY, Mirzayon qishlog‘ida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan, uy bekasi Yu.U. ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda Buxoro viloyati IIB.
U 2017 yil 15 sentabr kuni soat 11:30 larda ikki nafar noma'lum shaxslar, shundan bir nafari taxminan 40-45 yoshlardagi va bir nafari 30-35 yoshlardagi ayollar uning yashash xonadoniga kelib, eski palto yoqasi, eski tanga, tilla taqinchoq sotib olib yurganliklarini aytib, qulog‘idagi ziragini tilla yoki tilla emasligini aniqlab beraman, deb olib, uni qandaydir suyuqlikka botirganda, zirak qorayib qolganligini, shu tariqa unga tegishli 2 juft zirak va 1 dona tilla zanjirni shu tartibda suyuqlikka botirganda qoraygan taqinchoqlarni 2 soat ichida tozalab keltirib beraman, deb olib, o‘zini qulog‘idagi zirakni bir poyini unga garov sifatida qoldirib, unga o‘zini “Nafisa” deb tanishtirib, umumiy bahosi 1.600.000 so‘mlik 2 juft zirak va 1 dona bahosi 1.000.000 so‘mlik tilla zanjirini firibgarlik yo‘li bilan aldab olib ketganliklarini bildirgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, Yu.U. bilan shaxsan fotosuratidan tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati o‘tkazish davomida ushbu jinoyatni, Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahar, Muqimiy ko‘chasida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan S.D. va Namangan viloyati, Namangan shahar 2-Guliston ko‘chasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan X.S. sodir qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan S.D. va X.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
12:26 / 26.01.2026
Buxoro shahrida ham avtobuslarda naqd pul qabul qilish to‘xtatiladi
21:17 / 23.01.2026
10 ta tuxum, 3 ta banan va minglab qurbon: PGM “to‘ri” ko‘plab o‘zbekistonliklarni o‘z domiga tortdi
16:30 / 22.01.2026
O‘zbekistonda onlayn firibgarlikka qarshi qanday kurashiladi?
09:10 / 22.01.2026