Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«KXDR AQShga yon bosishi mumkin»
Foto: AP
Shimoliy Koreya kelasi yili o‘zining yadro va raketa dasturlarini rivojlantiradi, biroq AQSh hamda Janubiy Koreya bilan muloqot yo‘llarini ham izlashga urinadi. Bu haqda "Ryonxap" agentligi Janubiy Koreyaning Milliy birlashuv ishlari bo‘yicha vazirligiga tayangan holda xabar bermoqda.
"Shimoliy Koreya o‘zining raketa va yadro dasturlarini rivojlantirishda davom etadi, biroq murakkab vaziyatdan chiqish yo‘llarini ham izlaydi. KXDR de-fakto yadro quroliga ega davlat maqomini tan olishlariga uringan holda, AQSh bilan muzokaralar imkoniyatini ham ko‘rib chiqadi", - deyiladi vazirlikning 2018 yilga taxminida.
Idoradagilarning fikricha, KXDR Janubiy Koreya bilan ham munosabatlarni tiklash uchun o‘zaro yaqin nuqtalarni topishga harakat qilib ko‘radi. Vazirlik Kim Chen Inning 1 yanvar kungi an'anaviy nutqiga katta e'tibor qaratishni mo‘ljallamoqda.
Juma kuni Janubiy Koreyaning Milliy birlashuv ishlari bo‘yicha vaziri Cho Myon Gyun mamlakat KXDR bilan bir qator masalalar bo‘yicha, dastlabki shartlarsiz muzokaralarga tayyor ekanini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
15:28
Uitkoff AQShda Putinning elchisi Dmitriyev bilan uchrashdi
14:39
Harbiy tergov: Erondagi maktabga berilgan raketa zarbasi uchun AQSh javobgar
11:44
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududida uchta fuqarolik kemasiga hujum qilindi
09:47