Jahon | 19:32 / 26.12.2017
9069
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Turkiyada Yangi yilga teraktlar rejalashtirgan jangarilar qo‘lga olindi

Foto: Reuters

Turkiya politsiyasi xodimlari mamlakat hududida Yangi yil bayrami nishonlanishi vaqtida teraktlar sodir etmoqchi bo‘lgan, IShIDning 12 jangarisini qo‘lga oldilar. Bu haqda Sabah nashri xabar berdi.  

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, jangarilar mamlakat janubidagi Adana shahrida maxsus operatsiya vaqtida hibsga olinganlar. Ulardan ikkisi Suriya fuqarosi hisoblanadi.

1 dekabrda Istanbulda 60 dan ko‘proq odam, noyabr boshida esa 283 odam IShID bilan aloqadorlikda gumon qilinib qo‘lga olingan. Qo‘lga olinganlardan ba'zilari Anqara va Istanbulda teraktlar amalga oshirmoqchi bo‘lishgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid