Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Asad - aniq terrorchi». Erdo‘g‘an keskin bayonot bilan chiqdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriya prezidenti Bashar Asadni terrorchi deb atadi. U bilan mamlakatdagi vaziyatga yechim topish bo‘yicha o‘zaro harakatlarni davom ettirish imkonsiz ekani aytildi, deb xabar bermoqda Reuters.
«Asad – aniq terrorchi, u davlat darajasida terrorizm bilan shug‘ullangan», - deya aytib o‘tdi Erdo‘g‘an.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriya kelajagini «o‘zining taxminan million fuqarosini o‘ldirgan» prezident bilan qurish umuman imkonsizdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbuldagi musulmon mamlakatlar yetakchilarining sammitida al-Qudsni Falastin poytaxti sifatida tan olishni taklif qilgandi hamda shaharni «musulmonlar uchun qizil chiziq» deb atagandi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026