Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boliviya prezidenti Gvatemalani o‘z sha'nini AQShga sotganlikda aybladi
Boliviya prezidenti Evo Morales Gvatemala hukumatining AQSh ortidan Isroildagi elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirish qarorini tanqid qildi.
“Bu jahon hamjamiyatini mazah qilishdir, Gvatemala hukumati BMT Bosh assambleyasi rezolyutsiyasini tan olmay, elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirmoqchi. Biz ba'zi hukumatlar USAID’ning (AQShning xalqaro taraqqiyot agentligi) arzimas yordamini yo‘qotmaslik uchun o‘z sha'nini imperiyaga pullayotganidan afsusdamiz”, deb yozdi Morales tvitterda.
Gvatemala prezidenti Jimmi Morales 24 dekabrda mamlakatning Tel-Avivdagi elchixonasi Al-Qudsga ko‘chirilishini ma'lum qilgan. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Sandra Xovel 26 dekabrda elchixonaning ko‘chirilishi haqidagi qarorni bajarmaslikka hech qanday asos yo‘qligini aytgan. “Bu Gvatemala davlatining mustaqil qarori, bu borada menga hech qanday bosim o‘tkazilmagan”, deb aytgan Xovel.
Mavzuga oid
10:30 / 17.06.2026
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
10:33 / 28.02.2026
Boliviyada samolyot qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
12:21 / 20.10.2025
Boliviyadagi prezidentlik saylovida Rodrigo Pas g‘alaba qozondi
21:17 / 11.07.2025