Jahon | 17:43 / 27.12.2017
35616
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston O‘zbekistonga elektr energiyasi eksportidan qancha ishlab topadi?

Foto: Dreamstime

Qirg‘iziston milliy energetika holdingi rahbari Oybek Kaliyev bugun tashkil etilgan matbuot anjumanida O‘zbekistonga elektr energiyasi eksporti haqida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yilda To‘ktogul suv omboridan samarali foydalanish maqsadida O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Eksport 20 dekabr kuni boshlandi. Martga qadar 550 million kilovatt-soatni sotish rejalashtirilmoqda. Shartnoma bilan bir kilovatt-soatning narxi 2,4 sentni tashkil qiladi.

Agarda Qirg‘iziston ko‘rsatilgan narx bo‘yicha barcha hajmni yetkazib bersa, 13,2 million dollar ishlab topadi.

«Olingan pullarni asosan uskunalarni ta'mirlashga sarflaymiz. Yetkazib berish hajmida Qirg‘izistondagi suv energetika muvozanatidan kelib chiqamiz. Bizda kelishilgan barcha hajmni sotish maqsadi yo‘q. Biz kelib chiqqan ortiqcha quvvatlarni sotamiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Oybek Kaliyev.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid