Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin saylovlarda ishtirok etish uchun hujjatlarini topshirdi
Foto: TASS
Rossiya Federatsiyasining Markaziy saylov komissiyasi Rossiya prezidenti Vladimir Putindan 2018 yilgi davlat rahbari saylovlariga o‘z nomzodini ilgari surish uchun kerakli bo‘lgan hujjatlarni qabul qilish jarayonini boshladi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, Putindan hujjatlar to‘plamini Markaziy saylov komissiyasining hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha ishchi guruhi xodimlari komissiya a'zosi Aleksandr Klyukin rahbarligida qabul qilib olishmoqda. Putin saylovlarda mustaqil nomzod sifatida ishtirok etishni mo‘ljallagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin o‘zida saylovoldi dasturi deyarli tayyor ekani, unda infratuzilmani rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, ta'lim va rossiyaliklar daromadini oshirishga e'tibor qaratilishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:27
Tramp Tinchlik kengashiga Putinni taklif qildi
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
11:53 / 17.01.2026
Sud Rossiya bankining Euroclear’ga qarshi da’vosi bo‘yicha birinchi eshituvni o‘tkazdi
10:06 / 17.01.2026