Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 5 kishili oila suyuq azotda muzlatib qo‘yiladi
AQShning krionika instituti notijorat tashkiloti prezidenti Dennis Kovalskining rafiqasi va uch farzandi vafotlaridan keyin suyuq azotda muzlatib qo‘yiladi. Bu haqda Daily Mirror nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, ularning jasadlari Michigandagi institutning bosh binosida saqlanadi. Mutaxassislar ulardagi qonni tibbiy antifriz bilan almashtirib, jasadlarini suyuq azotli kriostatga tushiradilar.
Kovalski bunday usulda jasadlari saqlanib qolgan odamlarni kelajakda hayotga qaytarish yo‘li topilishiga umid qilmoqda.
Jarayon narxi 28 ming dollarni tashkil qiladi. Krionika institutida 160 ta muzlatilgan jasad, shuningdek to‘qimalarning mingga yaqin namunalari va yuzlab uy hayvonlari jasadlari saqlanmoqda. Bundan tashqari, 2 mingdan ko‘proq odam bu xizmat uchun pul to‘lab qo‘ygan.
Kovalskining o‘zi bu amaliyotga 20 yil avval yozilib qo‘ygan, endi uning oilasi ham unga qo‘shiladi. “Mening o‘g‘illarim hali yosh. Biroq hayotda har qanday hodisa yuz berishi mumkin. Hech qachon bilmaysan”, deb aytmoqda Kovalski.
Krionika institutida ta'kidlanishicha, jasadlar 196 daraja sovuqqacha muzlatiladi. Bunday haroratda inson tanasi irimaydi.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026