Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Anqaradagi elchixonasi vizalar berishni tikladi
AQShning Anqaradagi elchixonasi Turkiya fuqarolari uchun noimmigratsion vizalarni berishga cheklovni bekor qildi, deb xabar bermoqda NTV telekanali.
Ta'kidlanishicha, Turkiya va AQSh o‘rtasidagi viza inqirozi hal qilindi.
6 noyabrda Turkiya AQSh fuqarolariga “cheklangan miqdorda” vizalar berishni tiklagandi.
8 oktabrda AQShning Turkiyadagi elchixonasi AQShning Istanbuldagi bosh konsulligi xodimi Metin Topuz hibsga olingandan keyin turk fuqarolariga noimmigratsion vizalar berishni to‘xtatgandi.
Bunga javoban Turkiyaning AQShdagi elchixonasi ham xuddi shunday chora qo‘llagandi.