Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guliston tumanidagi maktablarda issiq bo‘lishiga va'da berildi
Guliston tumanidagi barcha ta'lim muassasalarida 2017-2018 yilgi kuz-qish mavsumi barqaror o‘tkazilishi qat'iy nazoratga olinadi. Sirdaryo viloyati Guliston tumani xalq ta'limi bo‘limi KUN.UZ tahririyatiga yo‘llagan javob maktubida shu haqda so‘z boradi.
Hujjatda qayd etilishicha, kun.uz saytida Guliston tumanidagi 14-maktabda o‘quvchilar sovuq xonalarda dars mashg‘ulotlari o‘tayotgani haqida “Guliston tumanida ikki xil holat: biri issiq, biri sovuq” nomli maqola chop etilganidan so‘ng, Sirdaryo viloyati prokurori, tuman hokimi, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i birgalikda mazkur maktabga tashrif buyurgan.
Javob maktubida yozilishicha, viloyat prokurori va tuman sektor rahbarlari maktabni hudud gaz tarmog‘iga ulash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish hamda shu maqsadda 23 mln so‘m ajratishga kelishib olishgan.
Shu kunning o‘zida “Bunyodkor Mega stroy” MChJ bilan shartnoma imzolanib, dastlabki qurilish va loyihalash ishlarini boshlashi uchun tuman moliya bo‘limdan 1 mln 250 ming so‘m MChJ hisobiga o‘tkazildi hamda ishchilar tomonidan maktabni gaz tarmog‘iga ulash ishlari boshlandi, deya ta'kidlanadi maktubda.
Albatta, Tahririyat ko‘rilgan choralarni yuqori baholagan holda, ularning faqat qog‘ozda qolib ketmasligini, berilgan va'da ijrosi bilan go‘zalligini tuman mutasaddilariga eslatib qo‘yishni ma'qul, deb biladi.
Mavzuga oid
19:28 / 20.06.2026
Sirdaryoda tanishining pulini qalbaki dollarga almashtirib qo‘ygan ayol ushlandi
22:59 / 05.05.2026
"Singlimni xo‘rlashgan": Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida reportaj
19:28 / 01.05.2026
Sirdaryoda qotillikda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi
14:14 / 23.03.2026