Fan-texnika | 22:00 / 28.12.2017
13577
1 daqiqa o‘qiladi

Ikki million dollarlik giperkar krash-testi (video)

Shvetsiyaning Koenigsegg kompaniyasi Regera modelining krash-testi videosini taqdim qildi. Rolik kompaniyaning Instagram’dagi akkauntida joylashtirilgan.

Videoda Regera turli sinovlarga bardosh berayotgani tasvirlangan. Giperkar yon tomondan, oldidan va orqadan zarbalarga uchraydi, uning turli qismlariga bolg‘a bilan uriladi. Barcha hollarda mashina kabinasi deformatsiyalanmagan, xavfsizlik yostiqchalari esa soz ishlagan. Bundan tashqari, avtomobil katta tezlikda bordyur ustidan yurgaziladi – shu tariqa mashinaning haydovchi boshqaruvni yo‘qotgandagi va mashina yo‘l chetidan chiqib ketishidagi vaziyat modellashtiriladi.   

Koenigsegg Regera’dan bor-yo‘g‘i 80 dona ishlab chiqarilgan va ularning barchasi sotib yuborilgan. Giperkar ikki turbinali V8 dvigateli bilan jihozlangan. Avtomobil quvvati 1500 ot kuchiga yetadi. Koenigsegg Regera’ning narxi 2 mln dollardan boshlanadi.

Mavzuga oid