2018 model yilining 15 ta avtomobili AQŞning yöl xavfsizligi suğurta instituti (IIHS) tomondan ötkazilgan kraş-testlar natijalariga köra, eng yuqori xavfsizlik bahosi Top Safety Pic+ oldi. 

Uşbu institut avtomobillarni NHTSA davlat agentligidan özgaçaroq dastur böyiça sinaydi. IIHS tomonidan amalga oşiriluvçi frontal kraş-test 40 va 25 foizlik qoplaş bilan, NHTSA’niki esa 100 foizlik qoplaş bilan bajariladi. 40 va 25 foizlik qoplaş deganda, maşina old tomonining mos ravişda 40 foizi va 25 foizi tösiqqa uriladi. Bulardan kelib çiqib aytiş mumkinki, IIHS kuzovning konstruksiyaviy mustahkamligini, NHTSA esa köp darajada xavfsizlik kamari va yostiqçalari kabi xavfsizlikning passiv tizimlari işini örganadi. 

Maşinalar quyidagi parametrlar böyiça baholanadi: kiçik qoplaş (jumladan haydovçi tomondan), örtaça qoplaş bilan old töqnaşuv, yon tomondan zarba beriş, tomning mustahkamligi, örindiqlar va boş suyagiçlar xavfsizligi. 

Töqnaşuvlarning oldini oliş tizimi sinaladi: 15 va 25 km/soat bilan harakatlanayotgan maşina tösiq oldida avtomatik ravişda töxtaşi kerak. Bundan taşqari, IIHS faralarni ham baholaydi: qançalik yölni yoritişi, qarşi yönalişdan kelayotgan maşinalar haydovçilari közini qamaştirişi-qamaştirmasligi.
Şuningdek, bolalar örindiği qançalik yaxşi mahkamlanişi ham tekşiriladi.

Olingan körsatkiçlar “A'lo”, “Yaxşi” , “Qoniqarli”, “Halokat yoqasida”, “Yomon” baholari bilan belgilanadi. Bularni şartli ravişda 5, 4, 3, 2 va 1 baho deb olamiz.

Quyida 2018 model yilining eng xavfsiz maşinalari keltirilgan: 

KIA Forte

Golf-sinfga oid sedan yölovçi tomondan kiçik qoplaş bilan töqnaşuv va bolalar örindiğini mahkamlaş tizimi uçun 6 ta “4” va 2 ta “3” bahosini oldi. Maşinaning maksimal komplektatsiyasidagi frontal töqnaşuvlar oldini oliş tizimi “5”ga baholangan.

Kia Soul

Xetçbek-krossover yölovçi tomondan kiçik qoplaş bilan töqnaşuv va bolalar örindiğini mahkamlaş tizimi uçun 6 ta “4” va 2 ta “3” bahosini oldi. Maksimal komplektatsiyasidagi frontal töqnaşuvlar oldini oliş tizimi “5”ga baholangan.