Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobul fojiasi - qurbonlar soni 40 kishiga yetdi
Afg‘oniston poytaxti Kobulda ro‘y bergan terakt oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Pajhwok agentligi rasmiy ma'lumotlarga tayangan holda xabar tarqatdi.
Ta'kidlanishicha, hujum oqibatida yana taxminan 30 kishi jabrlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kobulda xudkush terrorchi hujum uyushtirgani, terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetgani, 50 dan ortiq inson jabrlangani xabar qilingandi. Portlash payshanba kuni shahar g‘arbidagi masjidlardan birining yonida sodir bo‘ldi. Hujumdan ko‘zlangan maqsad, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, mahalliy axborot agentligi bo‘lgan. Portlovchi qurilma, ehtimol, xudkush terrorchi tomonidan harakatga keltirildi. Keyinchalik ikkinchi portlash haqida xabarlar tarqaldi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, hujum madaniy markazga qarshi yo‘naltirilgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026