Afğoniston poytaxti Kobulda xudkuş terrorçi hujum uyuştirdi. Terakt oqibatida halok bölganlar soni 13 kişiga yetdi, 50 dan ortiq inson jabrlandi. Bu haqda Tolo News telekanali mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligiga tayangan holda xabar bermoqda.

Bundan avval turli OAV 10 kişi halok bölgani va 20 inson jabrlangani haqida xabarlar tarqatdi.

Portlaş payşanba kuni şahar ğarbidagi masjidlardan birining yonida sodir böldi. Hujumdan közlangan maqsad, dastlabki ma'lumotlarga köra, mahalliy axborot agentligi bölgan. Portlovçi qurilma, ehtimol, xudkuş terrorçi tomonidan harakatga keltirildi. Keyinçalik ikkinçi portlaş haqida xabarlar tarqaldi. OAV ma'lumotlariga köra, hujum madaniy markazga qarşi yönaltirilgan bölgan.