Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya MSK Putinga prezidentlik kampaniyasini boshlashga ruxsat berdi
Foto: RIA "Novosti"
Rossiya Markaziy saylov komissiyasi 2018 yilgi prezidentlik saylovlari uchun nomzod Vladimir Putinni mustaqil ravishda ilgari surish uchun tashkil etilgan saylovchilar guruhini, shuningdek uning vakolatli vakillarini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
Rossiya MSKning alohida qarori bilan Putinga saylov jamg‘armasini shakllantirish va saylovoldi tashviqotini boshlash uchun maxsus saylov hisob raqamini ochishga ruxsat berilgan.
Komissiyaning barcha a'zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qarorlarga ko‘ra, MSK Putinning tashabbus guruhini va uning vakolatli vakillarini – besh kishini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Ro‘yxatdan Oksana Drujinina, Aleksey Yermakov, Sergey Kabishev, Andrey Tixomirov va Nadejda Chuchelina joy oldi. Shuningdek, MSK Putinning moliyaviy masalalar bo‘yicha vakolatli vakilini ham ro‘yxatdan o‘tkazdi, bu lavozimni Natalya Orlova egalladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin saylovlarda ishtirok etish uchun hujjatlarini topshirgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:30 / 11.03.2026
Makron G7 yetakchilari Rossiyadan sanksiyalarni olib tashlamaslikka kelishib olganini aytdi
19:13 / 11.03.2026
Rossiya xorijda qo‘shin qo‘llash uchun asoslarni kengaytirishi mumkin
15:45 / 11.03.2026
Koshta Rossiyani Eron bilan urushning yagona “g‘olibi” deb atadi
15:44 / 11.03.2026