Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Arsenal» safarda g‘alaba qozondi
Foto: Premer liga
Angliya Premer-ligasining 20-turi doirasidagi so‘nggi uchrashuv «Arsenal» va «Kristal Pelas» o‘rtasida kechdi. «Selxerst Park» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mehmonlar jamoasi 3:2 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
«Kanonirlar» 25-daqiqada Shkodran Mustafining goli evaziga hisobda oldinga chiqdi. «Burgutlar» ikkinchi bo‘lim boshida javob qaytarishdi — golga Endros Taunsend mualliflik qildi. 62-daqiqada mehmonlar jamoasi yana oldinga chiqdi — Aleksis Sanches aniq zarba berdi. Bir necha daqiqa o‘tib Sanches dublni rasmiylashtirdi. O‘yin oxirida Jyeyms Tomkins hisobni qisqartirdi — 2:3.
Endilikda APL turnir jadvalida «Arsenal» 37 ochkosi bilan oltinchi o‘rinda bormoqda, «Kristal Pelas» esa 18 ochkosi bilan — 16-pog‘onada joylashgan. Roy Hojson jamoasining 8 uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘yildi.
Angliya chempionati
20-tur
Kristal Pelas – Arsenal 2:3 (0:1, 2:2)
Gollar: 0:1 – 25 Mustafi, 1:1 – 49 Taunsend, 1:2 – 62 Sanches, 1:3 – 66 Sanches, 2:3 – 89 Tomkins.
Kristal Pelas – Speroni, Kelli (Fosu-Mensa, 80), Tomkins, Denn, Shlupp, Taunsend, Kabay (Makartur, 53), Milivoyevich, Loftus-Chik (Sako, 70), Benteke, Zaa.
Arsenal – Chex, Chembers, Mustafi, Koselni, Bellerin, Chaka (Meytlend-Naylz, 87), Uilsher, Kolashinats, O‘zil, Sanches, Lyakazett (Koklen, 75).
Ogohlantirishlar: Chembers (29), Zaa (45).
Mavzuga oid
12:33 / 15.01.2026
«Real» kubokdan chiqib ketdi, «Arsenal» finalga yaqinlashdi
11:38 / 31.12.2025
«Arsenal» ta’qibchisiga 4 ta gol urdi, «MYu» autsayderni yengolmadi
11:59 / 28.12.2025
APLda poyga qizimoqda. Kun o‘yinlari
11:04 / 21.12.2025