Airbus o‘z tarixidagi eng yirik buyurtmani qo‘lga kiritdi
Yevropaning aviasozlik konserni Airbus AQShning Indigo Partners investitsion kompaniyasi bilan A320neo oilasiga mansub 430 ta samolyot yetkazib berish bo‘yicha bitim tuzdi.
Buyurtmaning umumiy qiymati Airbus uchun rekord darajadagi qiymat – 49,5 mlrd dollarni tashkil qildi.
Havo transporti tarmog‘iga ixtisoslashgan Indigo Partners samolyotlarni o‘z loukosterlari: AQShning Frontier Airlines, Chilining JetSMART, Meksikaning Volaris va Vengriyaning Wizz Air kompaniyalari uchun buyurtirgan.
Bitim 273 ta A320neo va 157 ta A321neo samolyotlarini yetkazib berishni o‘z ichiga oladi.
Kompaniyalar bitim haqida noyabrda kelishib olishgan. O‘shanda samolyotlar 2022 yildan yetkazib berilishi ma'lum qilingan.
Airbus Group aerokoinot sohasidagi yetakchilardan biri hisoblanadi. Kontsern 2000 yilda Germaniyaning Daimler-Benz Aerospace AG, Fransiyaning Aerospatiale-Matra va Ispaniyaning CASA kompaniyalari birlashishi natijasida tashkil topgan.
Mavzuga oid
20:39 / 15.06.2024
Boeing va Airbus samolyotlarida soxta sertifikatlangan qismlar ishlatilgan – OAV
11:26 / 25.04.2024
Kanada Airbus’ga Rossiya titanidan foydalanishga ruxsat berdi
21:43 / 03.11.2023
O‘zbekiston 10 ta Airbus tibbiy vertolyotini sotib olishi mumkin
07:44 / 31.08.2023