Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: IShID yetakchilari AQSh vertolyotlarida evakuatsiya qilindi
AQSh vertolyotlari IShIDning yetakchilarini Suriyaning Daur-az-Zor viloyatidan Hasaka viloyatiga evakuatsiya qildi. Bu haqda SANA axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 28 dekabrga o‘tar kechasi bir nechta vertolyot Daur-az-Zorning shimoliy hududidan havoga ko‘tarilib, As-Sad lageri ustidan pastlab uchib, Hasaka shahridan janubdagi Al-Basel to‘g‘oni yaqinida qo‘ngan.
Ma'lum qilinishicha, vertolyotlar bortlarida AQSh tomondan qo‘llab-quvvatlanuvchi Suriya demokratik kuchlari tomonga qochib o‘tgan, IShID qo‘mondonlari bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, AQSh vertolyotlari jangarilarni birinchi marta evakuatsiya qilayotgani yo‘q.
Noyabrda Mayadinda Suriya armiyasining operatsiyasi boshlanishidan ikki hafta oldin AQSh vertolyotlari IShIDning shaharda qolgan xorijiy yetakchilarini olib chiqib ketgan.
Harbiy-diplomatik manbaning aytishicha, avgustda Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlari Daur-az-Zor shahri yaqinida bo‘lgan 20 dan ko‘proq dala qo‘mondoni va ularga yaqin jangarilarga Suriyaning shimoliga ko‘chib o‘tishda yordam bergan.
Biroq AQSh boshchiligidagi koalitsiya bu ma'lumotlarni yolg‘on deb atab keladi.
Mavzuga oid
10:56
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026