Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Amazon'dan ko‘proq pul undirishga chaqirdi
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp juma kuni Amerika davlat pochta xizmati Amazon kompaniyasidan haddan tashqari kam to‘lov undirayotganini ta'kidladi.
"Nima uchun AQSh pochta xizmati har yili milliardlab dollar kamomad ko‘radi va shu bilan birga, Amazon va boshqalardan jo‘natmalarni yetkazib berish uchun kam pul oladi, bu Amazon'ni boyitadi, pochta xizmatini esa qashshoqlashtiradi, axir?!, - deb yozadi Tramp o‘zining Twitter'dagi sahifasida. - Ancha ko‘proq pul undirish kerak!"
Bloomberg agentligining har kuni yangilanadigan jahon milliarderlari Top-500 ro‘yxatiga muvofiq, Amazon kompaniyasi rahbari Jyeff Bezos - moliyaviy holati 100 milliard dollarga baholangan AQSh va umuman dunyoning eng badavlat kishisi.
1994 yilda asos solingan Amazon - internet orqali tovar va xizmatlarni sotuvchi jahonning eng yirik kompaniyasi. Uning 2004 yilda 7 milliard dollarga teng bo‘lgan tovar aylanmasi 2016 yilga kelib, 136 milliard dollarga yaqinni tashkil qildi. Ta'kidlash joizki, Bezos Trampni ko‘p tanqid qiluvchi The Washington Post gazetasiga egalik qiladi.
AQSh pochta xizmati - davlat muassasasi, biroq u to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezidentga bo‘ysunmaydi.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
22:24 / 28.01.2026
Texnik xato Amazon kompaniyasining 16 ming kishini ishdan bo‘shatish rejasini oshkor qildi
21:21 / 25.11.2025