Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Artel korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Xalqini Yangi 2018 yil bilan tabriklaydi
Aziz do‘stlar, Artel kompaniyasi Sizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklaydi. Ushbu ajoyib bayram xonadoningizga farovonlik, hayotingizga esa ko‘proq yorqin damlarni olib kirishini tilab qolamiz. Sehrga to‘la Yangi yil bayrami Sizlarning hayotingizga baxt, oilangizga farovonlik, iliqlik, sog‘lik, quvnoq uchrashuvlarni va samimiy tabassumlarni olib kirsin.
Bizning mahsulotlar kundan-kun Sizning hayotingizni yanada yorqinroq, chiroyliroq va qulayroq qilish vazifasini bajarish uchun yaratilgan. Aynan Siz bizlarni yangi tadqiqotlar va yangi kashfiyotlarga, yanada sifatli va funksional mahsulotlarni ishlab chiqarishga, zamonaviy texnologiyalarni yaratishga va yanada rivojlanishga ilhomlantirasiz.
Artel korxonasi Markaziy Osiyodagi eng katta maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchi korxona maqomiga ega. Siz tufayli biz rivojlanmoqdamiz, vatanimiz ravnaqi uchun tinimsiz mehnat qilmoqdamiz va ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimizning soni yildan-yilga oshib bormoqda.
Siz tufayli bizning korxonalar xalqaro darajagacha ko‘tarildi va butun dunyo O‘zbekiston Respublikasida sifatli va zamonaviy maishiy texnika ishlab chiqarilishini bildi.
Yangi kirib kelayotgan yil hammamizga ko‘pdan-ko‘p baxtli onlar va yoqimli taassurotlar, yangi g‘oyalar va ushbu g‘oyalarni amalga oshirish uchun kuch va imkoniyatlar olib kelishini tilab qolamiz. Yangi 2018 yil hammamiz uchun baxt va tugalmas omad, shodlik va farovonlik yili bo‘lsin!
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
18:17 / 28.02.2024
Artel 2026 yil yakuniga qadar Superliga titul homiysiga aylandi
16:22 / 06.02.2024
Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Biz importga har qanday cheklov qo‘yishga qarshimiz, u bizga zarar”
21:55 / 23.01.2024
Ochiq muloqot: Maishiy texnikachilar va Otabek Bakirov bahsi
17:40 / 12.10.2022