Jahon | 22:40 / 31.12.2017
4621
1 daqiqa o‘qiladi

Koloradoda politsiya bilan otishma ro‘y berdi

Amerikaning Kolarodo shtati Duglas okrugi hududida otishma kelib chiqishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va 6 kishi jarohatlandi. Bu haqda hudud sherifi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, halok bo‘lgan - politsiyachi, jarohatlanganlarning 4 nafari ham politsiyachilardir. Bundan tashqari, otishma ro‘y bergan hududda tinch aholi vakillari bo‘lgan ikki kishi jarohatlangan.

Politsiyaning qo‘shimcha qilishicha, hujum qilgan shaxs yo‘q qilingan.

Otishma tafsilotlari ma'lum emas. Politsiyachilar otishma hududiga maishiy muammodan keyin ro‘y bergan janjal tufayli chaqirilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid