Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Siti» to‘xtatildi
Angliya Premer-ligasining 21-turida «Manchester Siti» «Kristal Pelas»ga qarshi o‘ynadi. Londondagi «Selherst Park» stadionida kechgan uchrashuvda hisob ochilmadi — 0:0.
O‘yin yakunida «burgutlar» jamoasi Xosep Gvardiola jamoasiga mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni taqdim etish uchun qulay imkoniyatga ega bo‘lishgandi. O‘yinning 90-daqiqasida uchrashuv hakami Jonatan Moss «shaharliklar» darvozasi tomon penalti belgiladi, ammo Ederson Luka Milivoyevichning 11 metrdan yo‘llagan zarbasini qaytardi.
Shu tariqa, bugun «Manchester Siti»ning Angliya chempionatida 18 tur davom etgan g‘alabali seriyasi yakunlandi. Lekin jamoaning mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etdi.
Endilikda APL turnir jadvalida «Manchester Siti» 59 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni davom etmoqda, ikkinchi o‘rindagi «Chelsi» 14 ochkoga ortda qoldirilgan. «Kristal Pelas» 19 ochkosi bilan — 17-o‘rinda.
Angliya chempionati
21-tur
Kristal Pelas – Manchester Siti 0:0 (0:0, 0:0)
Kristal Pelas – Xennessi, Tomkins, van Anxolt, Ridevald, Denn (Kelli, 20), Taunsend, Fosu-Mensa, Milivoyevich, Kabay (Panchon, 75; Li Chun Yun, 90), Zaa, Benteke.
Manchester Siti – Ederson, Mangalya, Danilo, Uoker, Otamendi, Gyundo‘g‘an (Sterling, 57), Fernandino, Bernardu Silva (Ture, 81), de Bryuyne, Sane, Gabriel Jyezus (Aguero, 23).
Ogohlantirishlar: Denn (16), Sane (45), van Anxolt (48), Kabay (67), Aguero (79), Ture (90), Fernandino (90), Kelli (90), Panchon (90).
Mavzuga oid
19:19 / 23.08.2025
O‘zbekiston MOQ va futbol assotsiatsiyasi rahbariyati “Manchester Siti“ klubining infratuzilmasi bilan tanishishdi
10:32 / 17.08.2025
«Siti» va «Barsa» yirik g‘alabalar bilan boshlashdi. Kun o‘yinlari
12:21 / 01.07.2025
Klublar mundialida sensatsiyalar kuni. «Siti» va «Inter» turnirdan chiqarib yuborildi
11:59 / 27.06.2025