Sport | 08:30 / 31.12.2017
11396
2 daqiqa o‘qiladi

«MYu» yana ochko yo‘qotdi

Foto: Premer liga

«Manchester Yunayted» Angliya Premer-ligasining 21-turi doirasida «Sauthempton»ga qarshi o‘ynadi. Manchesterdagi «Old Trafford» stadionida kechgan uchrashuvda muxlislar gol ko‘rishmadi - 0:0.

«Qizil iblislar» bu natijadan keyin 44 ochko bilan uchinchi o‘rinda qolmoqda. Bu turda  «Stok Siti»ni 5:0 hisobida yenggan «Chelsi» ochkolari sonini 45taga yetkazgan holda Joze Mourino jamoasini quvib o‘tdi. «Avliyolar» jamoasi 20 ochko bilan 13-pog‘onada joylashgan.

Keyingi turni «MYu» 1 yanvar kuni «Everton»ga qarshi safarda o‘tkazadi, «Sauthempton» 2 yanvar kuni «Kristal Pelas»ni qabul qiladi.

Angliya chempionati
21-tur

Manchester Yunayted – Sauthempton 0:0 (0:0, 0:0)
Manchester Yunayted – De Xea, Yang, Lindelef, Jons, Shou, Pogba, Matich, Mata, Lingard, Mxitaryan (Marsiyal, 65), Lukaku (Reshford, 14).
Sauthempton – Makkarti, Stivens, Yosida, Xudt, Makkuin, Romeu, Xeyberg, Uord-Prouz, Tadich (Lemina, 82), Bufal (Redmond, 85), Long (Gabbyadini, 80).
Ogohlantirishlar: Heyberg (26), Hudt (44), Bufal (58), Lingard (60), Matich (72), Uord-Prouz (80).

Foto: Premer liga

Mavzuga oid